03 jan 12:20
Yangiliklar
45 yoshli Uilyamsga Australian Open uchun uayld-kard berildi - bu rekord!
Yilning ilk "Katta Dubulg'a" turniri tashkilotchilari amerikalik faxriy tennischiga uayld-kard, yani asosiy to'r bahslarida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etildi.
Bu bilan 45 yoshu etti oyligida kortga chiqadigan Vinus musobaqa tarixidagi eng yoshi katta asosiy to'r ishtirokchisiga aylanadi. Ayni paytda bu rekord yaponiyalik Kimiko Datega tegishli bo'lib, u 44 yoshu uch oyligida Avstraliya Ochiq chempionati - 2015 musobaqasining asosiy to'rida o'ynagan va birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etgandi.
Yakkalik bahslarida Vinus Uilyams besh marta "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon va ikki marta US Open g'olibi bo'lgan. Avstraliya Ochiq chempionatida amerikalik ikki marta finalda o'ynagan.

Fikrlar