05 sen 10:08
Yangiliklar

US Open (WTA): Uilyams, Kvitova, Plishkova, Kiz 1/4 finalda
Sovrin jamg'armasi 24,1 million dollarni tashkil qiluvchi AQSH Ochiq chempionatining nimchorak final bahslarida deyarli kutilmagan natijalar qayd etilmadi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi chexiyalik Karolina Plishkova amerikalik Jennifer Breydiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1, 6:0. Biroz kutilmaganda turnirning uchinchi raketkasi ispaniyalik Garbine Mugurusa chexiyalik Petra Kvitovaga 6:7 (3), 3:6 hisobida yutqazdi
US Open-2017 chorak final juftliklari:
Vinus Uilyams (AQSH, 9) – Petra Kvitova (CHexiya, 13)
Medison Kiz (AQSH, 15) – Kayya Kanepi (Estoniya)
Sloan Stivens AQSH) – Anastasiya Sevastova (Latviya, 16)
Karolina Plishkova (CHexiya, 1) – Koko Vandevege (AQSH, 20)
Fikrlar