08 sen 09:00
Yangiliklar
Tennis

US Open. Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqada finalchilar malum
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turnirining xotin-qiz tennischilar bahslarida finalchilar nomi malum bo'ldi.
Avval xabar berganimizdek, turnirning yarim finaliga 4 nafar amerikalik tennischilar etib kelishgandi. Bu har qanday holatda ham turnir bosh mukofoti AQSHda qolishini anglatardi. Bugun tongda o'tkazilgan yarim final uchrashuvlaridan so'ng Medison Kiz va Sloan Stivens final chiptasini qo'lga kiritishdi.
Kiz 1 soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Koko Vandevegeni 6:1, 6:2 hisobida taslim etdi. Sloan Stivens esa 2 soatu 9 daqiqaga cho'zilgan uchrashuvda Vinus Uilyamsdan 6:1, 0:6, 7:5 hisobida ustun keldi.
Taqqoslash uchun, finaldagi raqibalari - Medison Kiz dunyo reytingida 16, Stivens esa 83-pog'onadan joy olgan. Stivens mag'lub etgan Vinus Uilyams esa 9-o'rinni egallab turgan edi.
Havola :
Fikrlar