14 avg 14:52
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Useyn Bolt sport bilan xayrlashdi + FOTO
Londondagi Olimpiya stadionida 8 karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt bilan xayrlashuv marosimi bo'lib o'tdi.
			Yamaykalik sportchi stadion bo'ylab bir marotaba aylanib chiqdi va muxlislar bilan xayrlashdi. 
Turnir tashkilotchilari va Xalqaro engil atletika federaciyasi rahbari Sebastyan Kou Boltga yugurish yo'lakchasi ramzi tushirilgan esdalik sovg'asini taqdim etdilar.
U aynan ushbu stadionda bo'lib o'tgan 2012 yilgi Olimpiadada uchta oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Bolt so'nggi JCHsida 100 metrga yugurish bahslarida bronza medalini qo'lga kiritdi. So'nggi chiqishida, yani, 4x100 m estafeta bahslarida jarohat olib, finishga etib bora olmadi. 






            Havola            :         
                    Manba                : sports.ru
             
			
Fikrlar