22 iyu 08:43
Yangiliklar
SHaxmat

Ushenina – FIDE Gran-pri Superfinali g'olibasi!
Tezkor shaxmat bo'yicha FIDE Gran-pri Superfinal uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ukrainalik sobiq jahon chempioni Anna Ushenina tezkor shaxmat bo'yicha FIDE Gran-prisi – Women's Speed Chess Championship g'olibasiga aylandi. U Superfinalda rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandra Kostenyukni 14,5:13,5 hisobida mag'lub etdi.
Bahs taqdirini so'nggi partiya hal qildi. Oq donalarda harakat qilgan Ushenina g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Kostenyukda ham juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi, ammo u bundan foydalana olmadi. Ushenina turnirdagi g'alabasi uchun 6,5 ming, Kostenyuk esa 3,5 ming dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar