23 mar 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik chempionlik kamarlarini Ukrainada himoya qilish imkoniyati haqida gapirdi
Prof boksning superog'ir vaznidagi to'rt yo'nalish chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) Ukrainada Jahon chempioni sifatida jang o'tkaza olishiga ishonmasligini aytdi.
"Men buni endi imkonsiz, deb hisoblayman. Rossiya Ukraina bilan urushda, juda ko'p raketalar otilyapti. Qizim bilan gaplashyapman, u 14 yoshda: "Salom, yaxshimisiz?" U: "Oh, dada, o'sha kecha dahshatli edi", deydi. Mening oilam bomba boshpanasida yashashi mumkin, menda bunday imkoniyat bor. Ukrainada jang qilish, menimcha, katta muammo", dedi Usik.
Oldinroq, Aleksandr faoliyatini yakunlashiga qadar yana ikkita jangi qolganini aytgandi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar