02 sen 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik kelasi yilning mart oyida AQSHda jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda
Prof boks bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, mag'lubiyatsiz ukrainalik Aleksandr Usik navbatdagi jangini 2027 yil mart oyida AQSHda amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o'tkazishi mumkin.
«Usik 2027 yil mart oyida AQSHda Uaylderga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Usikning maslahatchisi Sergey Lapin The Ring nashriga malum qildi. Bu Usikning AQSHdagi ilk yirik jangi bo'ladi. Muzokaralar davom etmoqda», — deb yozdi jurnalist Mayk Koppinjer o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ukrainalik bokschining professional rekordida 25 ta g'alaba bor, shulardan 16 tasi muddatidan oldin yakunlangan. U hali biror marta mag'lubiyatga uchramagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar