07 iyu 17:29
Yangiliklar
Tennis
USTA beshta ITF turnirini bekor qildi
AQSH tennis associaciyasi (USTA) avgust oyida mamlakat hududida o'tkazilishi rejalashtirilgan beshta ITF turnirini bekor qildi.
Tabiiyki, bunday qarorga kelinishiga koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat sabab bo'lgan.
"Biz xavfsizlikni taminlagan holda barcha ishtirokchilarning sog'lig'ini saqlab qolmoqchimiz", - deyiladi USTA rasmiy bayonotida.
Bekor qilingan turnirlar: Leksington (3-10 avgust), Landisvill va Konkord (10-17 avgust, barchasi ayollar o'rtasida), Dekeyter va Memfis (17-24 avgust, ikkisi ham erkaklar o'rtasida).
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar