20 apr 18:18
Yangiliklar
Boshqalar
#uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenji g'oliblariga sovg'alar etkazildi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjining 14-17 aprel kunlari oralig'ida o'tkazilgan tanlovi g'oliblariga sovg'alar etkazib berildi.
CHellenj g'oliblari qatorida Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug' shahrida istiqomat qiluvchi G'anievlar oilasi ham bor edi. Bugun ular o'zlariga atalgan sovg'ani qabul qilib olishdi. Ularga sovg'ani tashkilotchilar nomidan Andijon viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkir Toshpo'latov topshirdi.
Aziz yurtdoshlar, #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenji 26 aprelga qadar davom etadi. SHunday ekan, uyingizda qoling, sport bilan shug'ullaning va chellenjda qatnashib, g'olib bo'ling!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar