So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

18 apr 17:50
Yangiliklar

Boshqalar

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjida bu safar g'oliblar geografiyasi kengaydi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjida navbatdagi g'oliblar aniqlandi.

CHellenjga 14-17 aprel kunlari oralig'ida 1 200dan ortiq video kelib tushdi. O'tgan safargilardan farqli o'laroq, bu safar g'oliblar geografiyasi ancha kengaydi. Agar 6-9 aprel kunlari o'tkazilgan tanlovda uloqni navoiyliklar ilib ketishgan bo'lsa, keyingi safar poytaxt vakillari jonbozlik ko'rsatishgandi.

Bu safar esa g'oliblar yurtimizning u chetidan tortib bu chetiga qadar cho'zildi, yani Andijondan to Qoraqalpog'iston Respublikasigacha bo'lgan hududni qamrab oldi.

Hakamlar hayati qaroriga ko'ra #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjida 14-17 aprel kungi ishtirokchilar orasida g'oliblar quyidagicha ko'rinish oldi:

1-o'rin: Farg'ona viloyati Marg'ilon shahri “Yangi bog'” mahallasida yashovchi Akbarovlar oilasi.

2-o'rin: Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug' shahrida istiqomat qiluvchi G'anievlar oilasi.

3-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida yashovchi Ruslan Jusipovlar oilasi.

SHuningdek, Hakamlar hayati qaroriga ko'ra chellenjda qatnashish orqali o'ziga xos matonat ko'rsatgan paralimpiyachi sportchilar – xorazmlik Sanjar Olloberganov hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida istiqomat qiluvchi Ismira Islomova O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan maxsus sovg'a – pul mukofoti bilan taqdirlanadigan bo'ldi.

Aziz yurtdoshlar, #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenji davom etmoqda. SHunday ekan, uyingizda qoling, sport bilan shug'ullaning va chellenjimizda qatnashib, g'olib bo'ling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing