So’nggi yangiliklar

12:34Конго ДР бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда таваккал қилишимизга тўғри келади, чунки..." 0 12:03Шон О`Мэлли Оқ уйдаги жанги учун қанча гонорар олганини очиқлади 0 11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0 10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0 09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

10 apr 09:14
Yangiliklar

Boshqalar

#uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjida ilk g'oliblar aniqlandi

Xabaringiz bor, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjini elon qilgandi.

Ushbu chellenjni tashkil etishdan maqsad, yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug'ullanishni keng targ'ib etishdan iborat edi. Takidlash joiz, chellenj barchada katta qiziqish uyg'otdi. Buni 6 aprelda elon qilingan akciyada qatnashish uchun shu paytgacha ko'plab video materiallar kelib tushganidan ham bilib olish qiyin emas. 

Hakamlar hayati dastlabki uch kunda chellenjga kelgan 800dan ortiq video materiallardan eng munosiblarini saralab olishda qiynalishdi ham. CHunki, ko'plab videolarda chellenj shartlariga qatiy amal qilinmagan yoki tasvirlar ancha sifatsiz olingan. Qolaversa, video materiallarni tasvirga olishda ham kreativ yondashish deyarli ko'zga tashlanmagan. SHu bilan birga yuksak did bilan tayyorlangan videolar ham yo'q emas.

Hakamlar hayati qaroriga ko'ra #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjining dastlabki uch kunlik tanlovi yakuniga ko'ra g'oliblar quyidagicha ko'rinish oldi:

1-o'rin. Dmitriy Xvalchevlar oilasi - Navoiy shahri.
2-o'rin. Opa-singillar Madina va SHabnam Norpo'latova.
3-o'rin esa biryo'la ikki oila vakillariga nasib etdi. Bular navoiylik Ro'zievlar hamda andijonlik SHirievlar oilasi.

CHellenjni faol targ'ib qilgan Masuma opa Muhriddinova ham rag'batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlanadi.

CHellenjga 9 aprel kuni yuborilgan qolgan videolar esa tanlovning keyingi kunlarida ishtirok etadi. Yana bir gap, ilk urinishda g'olib bo'lolmagan yurtdoshlarimiz yana o'z mahoratlarini sinab ko'rishi mumkin. SHunday ekan, tushkunlikka tushmasdan maqsad sari intilishda davom eting.

Darvoqe, yurtdoshlarimiz uchun #uydaqol! #hayotgaqo'shil! #sportchallenge chellenjida qatnashish qulay bo'lishi uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Feysbukdagi rasmiy kanalida Uyda qol! Hayotga qo'shil! sahifasi, Instagram kanalida esa #sportchallenge sahifalari ochildi. Endi siz o'z videolaringizni ushbu sahifalar orqali ham ulashish imkoniyatiga ega bo'ldingiz. Yurtdoshlarimizni ushbu chellenjda faol qatnashishga chorlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing