01 iyu 11:50
Yangiliklar
Tennis

Vafot etgan qariyaning oila azolari Uilyamsni sudga berishdi
Xabar berganimizdek, amerikalik mashhur tennischi Vinus Uilyams urib yuborgan mashina ichidagi yo'lovchi voqeadan 14 kun o'tib, kasalxonada vafot etgan edi.
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning etti karra g'olibasi bo'lgan Uilyams 9 iyun kuni o'z mashinasida chorrahada turgan avtomobilga borib urilgan edi.
Natijada avtomobildagi 78 yoshli yo'lovchi Jerom Barson gospitalga yotqizilgandi. Oradan 14 kun o'tib Barson kasalxonada jon berdi. Mashina boshqaruvida bo'lgan uning turmush o'rtog'iga esa jiddiy shikast etmadi.
Barsonning oila azolari Vinus Uilyamsni sudga berishdi. Hozir tennischi suddan chaqiruv qog'ozi olmadi. Uilyamsning advokati bo'lib o'tgan voqeani baxtsiz xodisa deb atayapti.
Havola :
Fikrlar