12 iyu 16:16
Yangiliklar
Futbol

Van Deyk "Liverpul" tarixidagi eng ko'p haq oladigan futbolchiga aylanadi
"Liverpul" himoyachi Virjil van Deyk bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
Futbolchi PSJga o'tishdan bosh tortgan. Himoyachi ingliz klubi bilan oshirilgan shartlar evaziga 5 yillik shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda. Yangi shartnomaga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi haftasiga 245 ming evro maosh oladi, hozir esa bu raqam 200 mingni tashkil etadi.
SHunday ekan, van Deyk "Liverpul" tarixida eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Bungacha hujumchi Muhammad Salah eng ko'p maosh olardi - haftasiga 222 ming evro.
Van Deyk 2018 yilning yanvarida "Sautgempton"dan 84,65 million evro evaziga o'tib, futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylangan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar