06 okt 17:26
Yangiliklar
Futbol

van Deyk Messi va Ronaldudan birini tanladi
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk PSJ forvardi Lionel Messi va MYU hujumchisi Krishtianu Ronaldudan birini tanladi.
"Messini hamon dunyoning eng yaxshi o'yinchisi degan bo'lardim. U va Ronalduning oxirgi 10 yillikdagi natijalari aqlbovar qilmas. Ular erishgan yutuqlar hayratlanarli. Lekin, men Messini tanlayman. Sababi, 2019 yil Barselonada biz uchun juda og'ir kecha bo'lgandi ("Liverpul" "Barselona"ga 0:3 hisobida yutqazgan).
Xoland? U o'zgacha hujumchi, kuchli va tez. Unda himoyachilar hayotini qiyinlashtiruvchi barcha sifatlar bor. U juda tez va Jeymi Vardiga biroz o'xshashib ketadi. Lekin, Xoland kuchliroq", - deya van Deykning so'zlarini keltirdi "Liverpool Echo".
Havola :
Manba : Liverpool Echo
Fikrlar