06 iyu 19:02
Yangiliklar
Vasiliy Lomachenkoning raqibi aytildi
BoxingScene portali xabariga ko'ra, Lomachenko ikkinchi yarim engil vazn (59 kg gacha) toifasi kamari uchun davogar filippinlik CHarli Suaresga qarshi ringga ko'tariladi. Osiyolik bokschining boshqa jangi belgilangan va agar u g'alaba qozonsa, uning keyingi jang uchun nomzodi Vasiliy Lomachenko murabbiylar shtabi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Malumot uchun, 37 yoshli Suares professional ringda 18 ta jangda g'alaba qozongan (shundan 10 tasi nokaut bilan), uning Emanuel Navarrete bilan jangi (o'tgan yilning may oyida) esa bo'lib o'tmagan deb topilgan.
38 yoshli ukrainalik Vasiliy Lomachenko ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. Professionallarda u 18 ta jangda g'alaba qozongan, 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan: Orlando Salido, Teofimo Lopes va Devin Xeyni.
Lomachenko 2025 yilning 5 iyun kuni faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Oradan bir yil o'tib, u yana boksga qaytdi.

Fikrlar