23 may 07:44
Yangiliklar
Tennis
Vavrinka reytingda o'zidan 30 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
SHveycariyaning Jeneva shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning 27-raketkasi Sten Vavrinka musobaqaning ikkinchi davrasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. SHveycariyalik tennischi o'z vatandoshlari ko'z o'ngida reytingning 57-pog'onasidan joy olgan bosniyalik Damir Jumxurga 6/3, 3/6, 4/6 hisobida yutqazdi.
Uchrashuv 1 soatu 56 daqiqa davom etgan. Endi 27 yoshli bolqonlik tennischi Geneva Open turnirining chorak finalida moldavalik Radu Albotga qarshi kortga chiqadi. Albot argentinalik Xuan Ignasio Londerodan ustun keldi - 6/1, 6/7(3), 6/4.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar