19 avg 12:13
Yangiliklar
Velosport
Velosportchilarimiz "Tur de Frans"dagi ilk ishtiroklarini yakunlashdi
Franciyada velosport bo'yicha ayollar o'rtasida nufuzli “Tur de Frans” ko'pkunlik turniri yakuniga etdi.
Xabar berganimizdek, unda ilk bor yurtimiz nomidan “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi ishtirok etdi.
Musobaqada startga chiqqan yurtdoshlarimiz orasida Yanina Kuskova murakkab poygalardan iborat 8 bosqichdan to'liq o'ta oldi. Hamyurtimiz turnirni yakunlay olgan 110 nafar ishtirokchi orasida 47-bo'ldi.
Bosh sovrin polshalik Katajina Nevyadomaga nasib etgan bo'lsa, niderlandiyaliklar Demi Vollering va Paulina Royyakers kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar