20 jan 17:50
Yangiliklar
Velosport
Velosportchilarimiz Turkiya yig'inida
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari Turkiyaning Alanya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda.
Sportchilarimiz kun tartibiga muvofiq erta tongda chigalyozdi mashqlarini olib borishadi. Nonushtadan so'ng shahar va uning atrofidagi tog'li yo'llar bo'ylab mashg'ulotlarga kirishadilar.
Ushbu yig'inda asosiy va yoshlar terma jamoasidan iborat 20 nafar sportchi va 2 murabbiy ishtirok etmoqda. 2 oy davom etadigan mazkur yig'inda sportchilarimiz 10 ga yaqin xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Etiboringizga sportchilarimizning mashg'ulotlaridan fotosuratlarni havola qilamiz:
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar