25 avg 18:45
Yangiliklar
Velosport
Velotrekchilarimiz uchun Jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi
Bugun Xitoyning Loyan shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so'nggi kuni doirasida terma jamoamiz azosi Alimardon Jamoliddinov chiqarib yuborish guruh poygasida (elimination) ishtirok etib, saralashdan o'ta olmadi.
SHu tariqa, Loyandagi velotrek bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi. Unda yurtimiz sharafini ikki nafar sportchimiz — Alimardon Jamoliddinov hamda Samira Ismoilova himoya qildi.
Sportchilarimiz 8 ta dasturda ishtirok etishgan bo'lsa-da, medal qo'lga kirita olishmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar