30 okt 11:55
Yangiliklar
Tennis

Vena (ATR). Marrey va Tsonga bosh mukofot taqdirini hal qiladilar
Avstriya poytaxti Vena shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 2 051 625 dollarni tashkil qilgan nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun musobaqada g'olib nomi aniqlanadi. Hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Endi Marrey francuz Jo-Vilfrid Tsongaga qarshi kortga chiqaldi.
Marrey yarim final o'yinini o'tkazmadi. Aniqrog'i, uning raqibi ispaniyalik David Ferrer jarohati sabab kortga chiqishdan bosh tortdi. SHu sababli, Endi kurashsiz finalga chiqdi.
YARIM FINAL
Jo-Vilfrid Tsonga (Franciya, 6) – Ivo Karlovich (Xorvatiya, 8) – 5:7, 7:5, 7:6 (6)
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – David Ferrer (Ispaniya, 5) – rad
Havola :
Fikrlar