02 avg 15:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2182_220.jpg)
Vesnina va Makarova chipta yo'qligi sabab hali Rioga etib borishmadi
Rossiyalik tennis malikalari Elena Vesnina va Ekaterina Makarova chipta yo'qligi sababli hamon Rio-de-Janeyroga etib borishmagan.
Bu haqida Vesnina o'zining Tvitter ijtimoiy tarmog'ida xabar qoldirgan. Tennischilar Kanadaning Monreal shahrida AQSHning Mayamisiga etib kelishgan. Lekin Rio-de-Janeyroga chipta xarid qila olishmayapti.
Hech kim o'z chiptasini rossiyalik qizlarga sotishni istamayapti. Vesnina va Makarova 1 avgust kuni aynan Monrealda o'tgan tennis turnirining juftliklar bahsida bosh mukofotni qo'lga kiritishgan edi.
Malumot uchun, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada 5-21 avgust kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi. Olimpiadaning tennis turniri esa 6-14 avgust kunlariga belgilangan.
Havola :
Fikrlar