18 avg 14:10
Yangiliklar
Futbol

“Vest Xem”ning 20 million funtlik yangi futbolchisi 4 oyga safdan chiqdi
Angliyaning “Vest Xem” klubi yangi futbolchisi Andre Ayyu jarohat olib, 4 oy muddatga safdan chiqdi.
Etiborlisi, Ayyu yangi jamoasi tarkibidagi “CHelsi”ga qarshi kechgan ilk rasmiy o'yinda jarohat olgan. “Vest Xem” rahbariyati bu vingerni 20 mln funt sterling evaziga xarid qilgandi.
Ayyu oyog'ining son qismidan jiddiy jarohat olgan. Klub shifokorlari Andrening maydonga qaytishiga 4 oy vaqt kerak bo'lishini aytishmoqda. 26 yoshli Ayyu “CHelsi”ga o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagandi. Lekin 35-daqiqada jarohat sabab maydonni tark etdi.
Havola :
Fikrlar