So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

14 noy 20:06
Yangiliklar

Futbol

VIDEO Odil Ahmedov yangi mavsumni "Neftchi"da boshlaydimi?

Teglar :  Odil AhmedovNeftchi
Pro liganing 23-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nurafshon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Xabaringlar bor, muddatidan avval Pro liga chempionligiga erishib Superligaga chiqdik. SHu sabab bir qator tajribali futbolchilarimizga dam olish uchun imkoniyat yaratdik. Maydonga asosan, o'yin amaliyoti kam bo'lgan hamda yosh futbolchilarni tushirdik. 

O'yinda birinchi bo'lib gol urganimizga qaramay, himoyachimizning qo'pol xatosi evaziga darvozamiz tomon penalti belgilandi. SHu sababli gol o'tkazib yubordik. Bugun "Nurafshon" uchun hal qiluvchi o'yin ekanini bilardik, ularga faqat g'alaba zarur edi. Yakunda o'yin durang natija bilan tugadi. Keyingi turda "Dinamo" bilan o'ynaymiz va bu o'yinga tayyorgarlik jarayoniga kirishamiz. Mana hozirgi kunda U-18 jamoamiz ham chempionlik uchun kurashmoqda. Albatta, yosh futbolchilarimizga ham etibor qaratgan holda ular orasidan munosiblarini tarkibga jalb etamiz.

- Pro liga chempionligi orqali Superliga yo'llanmasini naq qilgan "Neftchi"ning transferlar borasidagi rejasi qanday?

- "Neftchi" shonli tarixga ega bo'lgan klub. "Neftchi" nomi – bu brend, buni ko'pchilik yaxshi biladi. Rahbariyat bizga jamoaning avvalgi mavqeini tiklash uchun vazifa qo'ygan. Albatta, tarkibga iqtidorli futbolchilarni jalb etamiz, ular bilan muzokara o'tkazamiz. Maqsad kelgusida "Neftchi"ni Osiyo chempionlar ligasiga olib chiqish.

- So'ngi vaqtlarda turli manbalar taniqli futbolchi Odil Ahmedov yangi mavsumni "Neftchi"da boshlashi mumkin degan xabarlar tarqaldi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Ochig'i, bundan xabarim yo'q.

- Demak, Ahmedov "Neftchi"ga kelishi kutilayotgani yo'q, shundaymi?

- Takror aytaman, bu jarayondan xabarim yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing