So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

10 sen 14:55
Yangiliklar

Boshqalar

Viktor Zemcev triatlon bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi

Xalqaro darajadagi triatlonchi, "Ironman" triatlon musobaqalarining o'n karra g'olibi Viktor Zemcev O'zbekiston triatlon terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi.

Viktor Zemcev – MDH hududidagi eng mashhur triatlet, triatlon bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Ilgari u “Z Iron Team” jamoasi bosh murabbiyi va “RedLava” jamoasining sardori bo'lgan. U “Ironman” seriyasining startlarida professionallar orasida 10 marta birinchilikni qo'lga kiritgan va Konadagi Jahon chempionatida olti marotaba ishtirok etgan. Xalqaro sport ustasi, ITU Long Distanse 2005 Jahon chempioni, ITU Evropa chempionati 2017 sovrindori va Ukrainaning ko'p karra chempioni. Doneck jismoniy tarbiya va sport institutining bitiruvchisi. 45 yoshga to'lganiga qaramay, u triatlon musobaqalarida yuqori natijalarni ko'rsatishda davom etmoqda.

Hozirda Zemcev maxsus mashg'ulot dasturini olib bormoqda va terma jamoaga saralash uchun sportchilarning faoliyatini batafsil o'rganib chiqmoqda. Uning rahbarligi ostida o'zbekistonlik sportchilar 15 avgustdan 8 sentyabrgacha Fransiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etdilar. SHunisi etiborga loyiqki, sportchilar bilan birga Viktor Zemcevning o'zi ham mashg'ulotlar davomida masofalarni bosib o'tdi.



“O'quv-mashg'ulot dasturi reja asosida olib borilmoqda. Sportchilar natijalarni yaxshilash uchun kuchli intilishga ega, bazida mashg'ulotlarni hatto sekinlatib turishga ham majbur bo'lyapmiz. SHu oyda, o'quv-mashg'ulot yig'inidan keyin ikkita start olish rejalashtirilgan: Iordaniyaning Akaba shahridagi musobaqalar va O'zbekiston kubogining final bosqichi. Ushbu musobaqalardan so'ng milliy terma jamoamiz shakllantiriladi. O'ylaymanki, jamoa yil davomida o'zgarishi bilan bir qatorda, to'ldiriladi, chunki erishilgan natijalarning o'zida to'xtab qolmasligimiz kerak. Hozir men 10 sportchi bilan ishlayapman va albatta, mamlakat miqyosida bu etarli emas”, – deya takidladi triatlon bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Viktor Zemcev. “Bugungi kunda ustuvor vazifa – birinchi navbatda Osiyo kubogi va chempionati darajasidagi yutuqlardan boshlab xalqaro maydonga chiqish."

Takidlash joizki, shu yilning iyul oyida Viktor Zemcev O'zbekiston Triatlon Federaciyasining taklifiga binoan O'zbekistonga tashrif buyurgan. 16 iyul kuni u xalqaro ekspert sifatida triatlon bo'yicha trenerlar sammitida ishtirok etdi va u erda o'quv uslubiyoti, shuningdek mamlakatda ushbu sport turini rivojlantirish bo'yicha o'z tavsiyalarini bergan. 17 iyul kuni Viktor Zemcev triatlon havaskorlari va professionallar uchun Toshkentda master-klass o'tkazgan.

O'zbekiston Triatlon Federaciyasi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

   
10 sen 15:34:51
Ливерпулжон
Битта хабарда қанча имловий хато бор.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing