27 fev 16:48
Yangiliklar
Tennis

Viktoriya Azarenko ikkinchi raketkani mag'lub etdi
Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko Meksikaning Akapulko shahri mezbonlik qilayotgan turnirning ikkinchi davrasiga chiqdi.
Azarenko birinchi bosqichda amerikalik Daniel Kollinzdan ustun keldi. Kollinz turnirning ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan edi. Viktoriya esa dunyo reytingida roppa-rosa 50-pog'onadan joy olgan.
Belaruslik tennischi 1 soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda kuchli raqibasiga deyarli imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/2. Endi 29 yoshli Viktoriya Abierto Mexicano TELCEL turnirining 1/4 finaliga chiqish uchun germaniyalik Tatyana Mariyaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar