22 mar 13:49
Yangiliklar
Tennis

Viktoriya Azarenko Mayamidagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
Dunyoning sobiq birinchi raqamli raketkasi Viktoriya Azarenko Mayamida bo'lib o'tayotgan musobaqaning birinchi davrasida g'alaba qozondi.
U ilk davrada amerikalik Ketrin Bellisga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 6 daqiqa davom etgan bahsda Azarenko raqibini 6:3, 6:0 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u navbatdagi o'yinini boshqa bir amerikalik tennischi Medison Kizga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar