01 mar 11:47
Yangiliklar
Tennis

Viktoriya Azarenko yarim final ostonasida to'xtatildi
Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko Meksikaning Akapulko shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi 1/4 finalda amerikalik Sofiya Keninga yutqazib qo'ydi. Uchrashuv 2 soatu 32 daqiqa davom etdi va Keninning 6/4, 4/6, 7/5 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 35-raketkasi bo'lib turgan 20 yoshli Sofiya Abierto Mexicano TELCEL turnirining yarim finalida kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar