01 may 08:43
Yangiliklar
Viktoriya Azarenkoning Madriddagi yurishi davom etadi
Jahonning 17-raketkasi, belaruslik Viktoriya Azarenko turnirning ikkinchi davrasida WTA reytingida 24-o'rinni egallab turgan sloveniyalik Tamara Zidanshekni 3/6, 6/1, 6/3 hisobida mag'lub etib, musobaqaning uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Uchrashuv 2 soatu 22 daqiqa davom etgan. Ushbu vaqt davomida Viktoriya beshta eys, oltita breyk va sakkizta qo'shxato qayd etdi. Tamara esa ikkita eys zarbasini amalga oshirib, etti marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va uchta breykdan unumli foydalandi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi - 1:1.
Mutua Madrid Open musobaqasining 1/8 finalida Azarenko xorvatiyalik Petra Martichdan ustun kelgan amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar