14 sen 12:16
Yangiliklar
Tennis
Vladimir Putin Medvedevni g'alaba bilan tabrikladi
Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin rossiyalik tennischi Daniil Medvedevni US Open turniridagi g'alaba bilan tabrikladi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Medvedev AQSH Ochiq chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichni mag'lub etib, o'z faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" turniri chempioniga aylangandi.
"Qadrli Daniil Sergeevich!
AQSH Ochiq chempionatidagi ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. Finalgacha yuqori klassdagi o'yin namoyish etdingiz. Finalda ham nomdor raqibga munosib qarshilik ko'rsatib, unga hech qanday imkoniyat qoldirmadingiz. Haqiqiy chempionlar xuddi shunday o'ynaydilar!" - deya o'z tabrigini yo'llagan Putin.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar