So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

24 jan 19:08
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: Serbiyalik mutaxassis O'zbekiston U19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mamlakatimizda faoliyat boshlagan Xalqaro voleybol federaciyasi (FIVB) instruktori Moro Branislav O'zbekiston voleybol federaciyasi rahbariyatining qarori bilan O'zbekiston U19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Malumki, joriy yilning 24 iyul - 3 avgust kunlari poytaxtimiz Toshkentda voleybol bo'yicha erkaklar terma jamoalari ishtirokida jahon chempionati musobaqalari o'tkaziladi.

- Dunyoning eng kuchli 24 ta milliy terma jamoalari ishtirok etadigan dunyo birinchiligida mezbon mamlakat sifatida munosib ishtirok etish asosiy vazifamiz. SHu jihatlarni inobatga olib, Xalqaro voleybol federaciyasi rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida FIVB instruktori, Belarus, Greciya, Quvayt, Liviya, Janubiy Koreya, Filippin, Ruminiya, Saudiya Arabistoni va Tunis davlatlaridagi etakchi voleybol klublarida va milliy jamoalarda bosh murabbiy sifatida ishlagan Moro Branislav yurtimizga taklif etildi. Xalqaro maydonda katta tajribaga ega mutaxassisning terma jamoada ish boshlashi sportchilarimiz qatori, murabbiylarimizning ish samaradorligiga ijobiy tasir ko'rsatishi shubhasiz, - deydi mamlakat voleybol federaciyasi raisi o'rinbosari Jamshid Fayziev,

O'zbekiston voleybol federaciyasi tomonidan milliy terma jamoalarimizga jalb etilgan Moro Branislav shu kunlarda Toshkentda O'zbekiston U-19 va mamlakat kattalar terma jamoasida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulotida qatnashmoqda.

Har kunlik mashg'ulotlar jarayonida Moro Branislav sportchi va murabbiylarga chigalyozdi mashqlarini qay tartibda olib borish, hujum va himoya zonalarida harakatlanish tamoyillari kabi qator masalalarda zarur ko'rsatmalarni berib bormoqda.

To'lqin RO'ZIEV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing