28 sen 13:15
Yangiliklar
Tennis

Voznyacki faoliyatidagi 500-g'alabasini qo'lga kiritdi
Xitoyning Uxan shahrida tennis bo'yicha WTA toifasidagi turnir davom etmoqda.
Ushbu turnirda ishtirok etayotgan daniyalik tennis malikasi Karolin Voznyacki Katerina Sinyakovani mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu muvaffaqiyat tennischi faoliyatidagi 500-g'alaba sifatida qayd etildi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Voznyacki 25ta uchrashuvda zafar quchdi. Voznyacki Uxan turnirining navbatdagi bosqichida polshalik Agneshka Radvanskaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar