12 noy 13:40
Yangiliklar
Tennis

Voznyacki oktyabr oyining eng yaxshi tennischisi bo'ldi
Xalqaro xotin-qiz tennischilar associaciyasi (WTA) oktyabr oyining eng yaxshi tennischisini aniqlash maqsadida so'rov o'tkazdi.
So'rovnoma ananaga ko'ra WTA rasmiy saytida muxlislar o'rtasida o'tkazilib, yakunda Karolin Voznyacki 64 foiz ovoz bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Daniyalik tennis malikasi Singapurda o'tgan Yakuniy turnirda bosh mukofot sohibasiga aylangandi.
2017 yilni dunyoning birinchi raketkasi sifatida
yakunlaydigan ruminiyalik Simona Xalep 23 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rinni
egalladi. Amerikalik Vinus Uilyams esa 13 foiz ovoz bilan kuchli uchlikka yakun
yasadi.
Havola :
Fikrlar