25 sen 09:36
Yangiliklar
Tennis

Voznyacki - Tokiodagi turnir g'olibasi!
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir yakunlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning oltinchi raketkasi daniyalik Karolin Voznyacki sayyoramizning 23-raqamli tennischisi bo'lib turgan rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda Karolin 6:0, 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Voznyackiga 194,860 dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu bilan u o'z titulini ham himoya qildi. O'tgan yilgi turnirda ham aynan daniyalik tennischi bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar