23 fev 20:00
Yangiliklar
Tennis

Voznyacki ushbu mavsumda chorak finallarda ishtirok etish bo'yicha etakchi
Dunyoning sobiq birinchi raqamli raketkasi Karolin Voznyacki Dubaydagi turnirning nimchorak finalida ukrainalik Katerina Bondarenkoni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu g'alabasi orqali daniyalik tennischi mavsumdagi to'rtinchi chorak finalidagi ishtirokini naqd qilib qo'ydi. Bu esa ushbu mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.
U faqatgina Avstraliya ochiq chempionatida turnirning eng kuchli 8 nafar tennischisi qatoriga kira olmadi.
Plishkova, Konta, Cibulkova, Svitolina va Devis kabi ayol tennischilar esa bu mavsum uchta chorak final bahslarida ishtirok etishdi.
Havola :
Manba : WTA_insider
Fikrlar