25 okt 08:01
Yangiliklar
Tennis
"VTB Kreml Kubogi". Ayollar o'rtasidagi turnir bosh sovrini Estoniyaga ketdi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida "VTB Kreml Kubogi"ning ayollar o'rtasidagi musobaqasi ham yakunlandi.
Bosh sovrin uchun kechgan hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 20-raketkasi bo'lib turgan estoniyalik 25 yoshli Anett Kontaveyt WTA reytingida 37-pog'onadan joy olgan rossiyalik 25 yoshli Ekaterina Aleksandrovani qiyinchilik bilan mag'lub eta oldi - 4/6, 6/4, 7/5.
Ikki soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Anett ham, Katya ham 5 tadan eys zarbani amalga oshirishdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Kontaveyt hisobni o'z foydasiga o'zgartirdi - 2:0. Moskvadagi muvaffaqiyatli ishtirok Kontaveytga faoliyatidagi to'rtinchi sovrinni, 68,570 dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosi keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar