So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

13 iyu 07:59
Yangiliklar

Boshqalar

WADA haqida siz bilgan va bilmagan malumotlar​

Teglar :  AntidopingWADA
WADA (World Anti-Doping Agency) – Butunjahon antidoping agentligi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi sport olamida dopingga qarshi kurashdir.

Agentlik 1999 yil 10 noyabrda Lozanna shahrida Xalqaro olimpiya qo'mitasi va dunyo hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. WADA asosini sportdagi dopingga qarshi kurashni targ'ib qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun yaratilgan «Lozanna deklaraciyasi» tashkil etadi.

Antidoping agentligining qarorgohi 2001 yildan hozirga qadar Kanadaning Monreal shahrida joylashgan.

Agentlikning shiori uning ishi mohiyatini ochib beradi – Play True («Halol o'yna»).

WADA prezidenti tasischilar kengashi tomonidan uch yilga saylanadi. Tashkilotning hozirgi prezidenti, sobiq engil atletikachi Vitold Banka.

WADA funkciyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

doping namunalarini olish va tahlil qilish uchun masul laboratoriyalar va milliy antidoping markazlarini akkreditaciya qilish.

taqiqlangan moddalar ro'yxatini qabul qilish, yangilash va nashr etish.

milliy vakolatxonalar va nodavlat tashkilotlarga antidoping dasturlarini ishlab chiqishda yordam berish.

laboratoriya bazasini rivojlantirish, stimulyatorli dorilarni aniqlash usullari bo'yicha dasturlarni joriy etishga hissa qo'shish.

sportchilar huquqlarini hisobga olgan holda sankciyalar, qoidalar, tasir qilishning intizomiy usullari va ularni birlashtirish uchun boshqa standartlarni muvofiqlashtirish.

doping tarkibidagi giyohvand moddalarni istemol qilish bilan bog'liq muammolarni hal qilish va ularning identifikaciyalanishini kuzatishda davlat va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

talim dasturlari orqali doping qabul qilish mumkin emasligini rag'batlantirish va targ'ib qilish.

Antidoping agentligi xalqaro tashkilot bo'lganligi sababli, bazi mamlakatlarda ishlash uchun mintaqaviy va milliy antidoping tashkilotlari (RADO va NADO) zimmasiga masuliyat yuklaydi.

NADO ro'yxatida 139 boshqarma mavjud. Faoliyat sohasi musobaqalar paytida va undan tashqarida sportchilar, shu jumladan, agar ushbu mamlakatda musobaqalar o'tkaziladigan bo'lsa, chet ellik sportchilarning namunalarini to'plashni o'z ichiga oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing