15 sen 07:52
Yangiliklar
WADA va RADOCA rahbariyati Antidoping agentligi faoliyati bilan tanishdi
13 sentyabr kuni sessiya o'z ishini boshladi, unda qator masalalar muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar haqida kelishib olindi.
Kecha yig'ilish ishtirokchilari O'zbekiston Milliy antidoping agentligiga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida agentlikka tashrif buyurdi. Tanishuv davomida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan ishlash bo'yicha bosh menejeri Ieva Lukosiute-Stanikuniene mamlakatimizda antidoping sohasiga hukumat darajasida berilayotgan etibor va yaratib berilgan sharoitlarni yuqori baholadi hamda tez orada RADOCA'ga azo Milliy antidoping agentliklari orasida yuqori o'rinlarda turishini takidlab o'tdi.
Bugun Agentlik bo'limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o'tkaziladi.
Fikrlar