19 avg 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC Uaylder va Ruis o'rtasidagi jang maqomini bekor qildi, yangi qaror O'zbekistonda chiqarilishi mumkin
Butunjahon boks kengashi (WBC) superog'ir vazn toifasida Deontey Uaylder va Endi Ruis o'rtasidagi jang uchun berilgan buyruqni bekor qildi.
Ushbu jang g'olibi Tayson Fyuriga tegishli kamar uchun davogar bo'lishi kerak edi.
Bunga sabab sifatida jangga o'tgan yili noyabr oyida buyruq berilgan bo'lsada, Uaylder va Ruis hamon kelisha olmagan.
WBC ushbu vaziyatni qayta ko'rib chiqadi. Lozim bo'lsa, noyabr oyida O'zbekistonda o'tkaziladigan yillik konvenciya vaqtida bu borada yangi qaror chiqaradi.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar