So’nggi yangiliklar

19:18Ўзбекистон Баскетбол федерацияси янги титул ҳомийга эга бўлди 0 18:40Полина Кудерметова камбэк қурбони бўлди 0 18:13АCА Лигаси кураш бўйича мусобақа ўтказиши мумкин 0 17:47ЕЧЛ. "Реал"нинг "Бенфика"га қарши қайдномаси эълон қилинди, унда Мбаппе йўқ 0 17:25Расман. Яна бир ҳамюртимиз Тошкентда Octagon League камари учун жанг қилади 0 16:50Фабиано Каруана: "Синдаровда "қотил инстинкти" бор" 0 16:23UFC Оқ уйдаги турнир учун қанча пул сарфлаши маълум бўлди 0 15:45ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди 0 15:17Исроил Мадримов чемпионлик жанги тақдири нима бўлганини айтди 0 14:53Хоккей бўйича Ўзбекистон U18 терма жамоаси Гонконгда ўтадиган Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:26Роберт Уиттакер вазн тоифасини ўзгартириш ниятида 0 13:58ОФК клублар рейтингини янгилади. Ўзбекистон кучли ўнликда 0 13:36Ғиёсовнинг вазнидаги чемпион боксчиларни у билан жангдан қочаётганликда айблади 0 13:08Михаил Шайдоров Қозоғистонда кутиб олинди, унга ҳомийлар ҳам совға ажратишди 0 12:44Дана Уайт: "У нимани хоҳласа ҳам, биз у билан ҳамкорлик қилишга тайёрмиз" 0

15 dek 11:10
Yangiliklar

Tennis

WTA 2016 yilgi mavsumning eng yaxshi turnirlarini aniqladi

Xalqaro xotin-qiz tennischilar associaciyasi, yani WTA har yili ananaviy tarzda yilning eng yaxshi turnirlarini aniqlab kelmoqda.

Etiborlisi, yilning eng yaxshi turnirlarini tennischilarning o'zlari aniqlashadi. Premier 5 toifasiga kiruvchi turnirlar orasidan Rimdagi Internazionali BNL d’Italia turniri 2016 yilgi mavsumning eng yaxshisi deb topildi. Unda Serena Uilyams g'alaba qozongandi.

Premier toifasidagi turnirlarda esa katta farq bilan SHtutgart shahrida tashkil etilgan Porsche Tennis Grand Prix turniri g'olib bo'ldi. Germaniyadagi mazkur turnir dunyoning birinchi raketkasi, mezbon tennischi Anjelik Kerberning g'alabasi bilan yakunlangandi.


Premier Mandatory kategoriyasiga kiruvchi turnirlar orasida BNP Paribas Open eng yaxshisi bo'ldi. AQSHning Indian-Uells shahrida o'tgan bu yilgi turnirda belaruslik Viktoriya Azarenko bosh mukofot sohibasiga aylangandi.

International (Amerika) toifasidagi turnirlarda Meksikaning Akapulko shahrida bo'lib o'tgan Abierto Mexicano eng yaxshisi deb topildi. Amerikalik Sloan Stivens ushbu turnir g'olibasiga aylangandi.

International (Evropa) turnirlari orasida SHveciyaning Bostad shahrida tashkil etilgan Ericsson Open tennischilar etirofiga sazovor bo'ldi. Turnir bosh mukofoti Laura Zigemundga nasib etgan.

Osiyo-Okeaniya mintaqasida esa tennischilar ASB Classic turniriga ovoz berishdi. Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tgan turnir amerikalik Sloan Stivensning g'alabasi bilan yakun topgandi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing