29 okt 21:40
Yangiliklar
Tennis

WTA Finals. Finalda Cibulkova va Kerber to'qnashuvi
Singapurda davom etayotgan WTA Finals turnirida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Dunyoning sakkiz nafar eng kuchli tennis malikalari o'rtasida o'tkazilayotgan ushbu nufuzli turnirda biroz kutilmagan natijalar qayd etildi. Rossiyalik Svetlana Kuznecova dramatik kechgan bahsda slovakiyalik Dominika Cibulkovaga yutqazib qo'ydi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi germaniyalik Anjelik Kerber esa ortiqcha qiyinchiliksiz finalga yo'l oldi. U polshalik Agneshka Radvanskani 6:4, 6:1 hisobida engdi.
YARIM FINAL:
Dominika Cibulkova (Slovakiya) – Svetlana Kuznecova (Rossiya) – 1:6, 7:6 (2), 6:4
Anjelik Kerber (Germaniya) – Agneshka Radvanska (Polsha) – 6:4, 6:1
Havola :
Fikrlar