28 okt 09:10
Yangiliklar
Tennis

WTA Finals. Kerber Kizni, Cibulkova Xalepni yarim finaldan mahrum qildi
Singapurda davom etayotgan va dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennischisi ishtirok etayotgan WTA Finals turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
“Qizil guruh”ning so'nggi uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi germaniyalik Anjelik Kerber amerikalik Medison Kizni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etib, raqibasini yarim finaldan mahrum qildi.
Yana bir uchrashuvda dunyoning uchinchi raqamli tennis malikasi ruminiyalik Simona Xalep kutilmaganda slovakiyalik Dominika Cibulkovaga 3:6, 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy berib, yarim final yo'llanmasidan mosuvo bo'ldi.
WTA Finals. Guruh bosqichi
Anjelik Kerber (Germaniya, 1) – Medison Kiz (AQSH, 6) – 6:3, 6:3
Dominika Cibulkova (Slovakiya, 7) – Simona Xalep (Ruminiya, 3) – 3:6, 6:7 (5)
Havola :
Fikrlar