So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

03 mar 19:02
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Abduraimova 27 pog'onaga pastladi, Maslenkova esa yaxshigina ko'tarilib oldi

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni band etgan. O'tgan hafta Dubay turniridagi chempionlik evaziga 14-pog'onadan 9-o'ringa ko'tarilib olgan rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreeva yana Top-10 reytingini tark etdi. Paula Badosa, va Emma Navarro yakunlangan haftadagi muvaffaqiyatli ishtiroklari sabab o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi.   

Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan ikki nafari yuqoriladi, qolgan ikkisi pastladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 6 ochko yo'qotishi natijasida 27 pog'ona pastga sho'ng'idi. Vlada Yakshibarova ham bir pog'onaga pastladi. Milana Maslenkova 1 ochko jamg'arib olgani hisobiga oz emas, ko'p emas, 24 o'ringa ko'tarildi. Sabrina Olimjonova ham 3 pog'onaga yuqorilab oldi. 


WTA reytingi. 3 mart kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9076 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7985

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6333

4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5251

5. (5) Medison Kiz (AQSH) - 4679

6. (6) Jasmine Paolini (Italiya) - 4518

7. (7) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4328

8. (10) Emma Navarro (AQSH) - 4009

9. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 3780

10. (11) Paula Badosa (Ispaniya) - 3746


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

557 (530). Nigina Abduraimova – 81

923 (922). Vlada Yakshibarova – 24

1344 (1368). Milana Maslenkova – 5

1365 (1368). Sabrina Olimjonova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing