15 apr 14:53
Yangiliklar

WTA reytingi. Abduraimova faoliyatini yakunladimi? U ikki haftada 145 pog'onaga pastladi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Jessika Pegula uchinchi o'rinni band etgan. Rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreeva 7-pog'onadan joy olgan. O'tgan hafta yakunlariga ko'ra, Top-50`talik reytingda hech qanday o'zgarish kuzatilmagani etiborga molik holat.
Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan uch nafari oz bo'lsa-da yuqoriladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova ikki haftada 145 pog'onaga pastladi va hozirda WTA reytingida 711-o'rinni egallab turibdi. Xabar berganimizdek, Niginaning WTA saytidagi profilida uning so'nggi qatnashgan turniri sifatida 6-12 yanvar kunlari oralig'ida Nontaburi (Tailand) shahridagi ITF 75 musobaqasi qayd etilgan. Vlada Yakshibarova va Sabrina Olimjonova 2, Milana Maslenkova 4 pog'onaga yuqoriladi.
WTA reytingi. 14 aprel kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10541 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7470
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 6101
4. (4) Koko Goff (AQSH) - 6063
5. (5) Medison Kiz (AQSH) - 4999
6. (6) Jasmine Paolini (Italiya) - 4843
7. (7) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4775
8. (8) CHjen Cinven (Kitay) - 4243
9. (9) Paula Badosa (Ispaniya) - 3821
10. (10) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3808...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
711 (654). Nigina Abduraimova – 49 (-10)
908 (910). Vlada Yakshibarova – 25
1351 (1355). Milana Maslenkova – 5
1373 (1375). Sabrina Olimjonova – 4
Fikrlar