17 fev 15:22
Yangiliklar

WTA reytingi. Abduraimovadan tashqari barcha tennis malikalarimizda "plyus"
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni band etgan. Qozog'istonlik Elena Ribakina Top-5`ga kirib oldi. Reytingning yuqori o'ntaligidan to'rt nafar amerikalik tennischilarning joy olgani etiborga molik holat.
Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan faqat Nigina Abduraimova pastladi. U bir pog'onaga quyiga sho'ng'idi. Vlada Yakshibarova, Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova bir xilda 2 pog'onaga yuqorilashdi.
WTA reytingi. 17 fevral kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 8966 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8160
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6538
4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5398
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 5076
6. (6) Medison Kiz (AQSH) - 4680
7. (7) Elena Ribakina (Kazaxstan) - 4153
8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 3985
9. (9) Emma Navarro (AQSH) - 3649
10. (10) Paula Badosa (Ispaniya) - 3588
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
537 (536). Nigina Abduraimova – 87
922 (924). Vlada Yakshibarova – 24
1372 (1374). Milana Maslenkova – 4
1372 (1374). Sabrina Olimjonova – 4
Fikrlar