17 mar 15:45
Yangiliklar

WTA reytingi. Ikki tennischimiz ko'tarildi, yana ikkisi "sho'ng'idi"
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni band etgan. Avvaliga Dubay, keyin esa Indian-Uells turniridagi WTA 1000 turnirlarida chempion bo'lgan rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreeva 11-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Italiyalik Jasmine Paolini, qozog'istonlik Elena Ribakina va amerikalik Emma Navarro o'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingda pastlashdi.
Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan ikki nafari yuqoriladi, yana ikkisi pastladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 2 ochko yo'qotishi natijasida 4 pog'ona pastladi. Vlada Yakshibarova ham bir pog'ona yo'qotdi. Milana Maslenkova 2, Sabrina Olimjonova 3 pog'onaga yuqorilab oldi.
WTA reytingi. 17 mart kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9606 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7375
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6063
4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5361
5. (5) Medison Kiz (AQSH) - 5004
6. (11) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4710
7. (6) Jasmine Paolini (Italiya) - 4518
8. (7) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4448
9. (9) CHjen Cinven (Xitoy) - 3985
10. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3859
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
561 (557). Nigina Abduraimova – 79
924 (923). Vlada Yakshibarova – 24
1342 (1344). Milana Maslenkova – 5
1362 (1365). Sabrina Olimjonova – 4
Fikrlar