So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

03 dek 18:22
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Nigina 27, Vlada esa 19 pog'onaga pastladi

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingning Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Belaruslik Arina Sobolenko hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda. U avval xabar berganimizdek, 2024 yilni karvonboshi sifatida yakunlaydi. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, Yakuniy WTA turniri g'olibasi amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni saqlab qoldi. 

Bu hafta uchun mo'ljallangan reytingda to'rt tennischimizdan ikki nafari bir pog'onadan ko'tarilgan bo'lsa, yana ikkisi yaxshigina pastga quladi. Birinchi raqamli tennis malikamiz Nigina Abduraimova 27, ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova esa 19 pog'onaga pastladi. Uzoq muddat Isroi sharafini himoya qilib qaytgan Yakshibarova roppa-rosa 800-pog'onaga tushib ketdi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova xuddi o'tgan haftada bo'lgani kabi bir o'ringa ko'tarilishdi.


WTA reytingi. 2 dekabr kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9416 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8370

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6530

4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5344

5. (5) CHjen Cinven (Xitoy) - 5340

6. (6) Elena Rybakina (Qozog'iston) - 5171

7. (7) Djessika Pegula (AQSH) - 4705

8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3589

9. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3368

10. (10) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 3214...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

367 (340). Nigina Abduraimova – 169

800 (781). Vlada Yakshibarova – 34

1370 (1371). Milana Maslenkova – 4

1370 (1371). Sabrina Olimjonova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing