So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

10 fev 19:10
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Nigina Abduraimova favqulodda ko'tarildi, Top-10 malikalarda o'zgarishlar

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ham ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan Top-10 reytingida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Tennis malikalaridan qozog'istonlik Elena Ribakina Abu-Dabidagi chempionligini himoya qila olmagani uchun 5-o'rindan 7-pog'onaga tushib ketdi. Aksincha, amerikaliklar Jessika Pegula va Medison Kiz bir pog'onaga ko'tarilishdi. Qolgan tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. 

Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan uch nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova boshqa tennischilar reytingda tushgani sababli 5 pog'onaga yuqoriladi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Vlada Yakshibarova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova bir pog'onaga yuqorilashdi. 


WTA reytingi. 10 fevral kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 8956 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8770

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6538

4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5288

5. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 4861

6. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4680

7. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4588

8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 4095

9. (9) Emma Navarro (AQSH) - 3709

10. (10) Paula Badosa (Ispaniya) - 3588


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

536 (541). Nigina Abduraimova – 88

924 (924). Vlada Yakshibarova – 24

1374 (1375). Milana Maslenkova – 4

1374 (1375). Sabrina Olimjonova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing