23 fev 11:11
Yangiliklar
WTA reytingi. Osaka ikkinchi raketkaga aylandi, Sabina ham yuqoriladi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda TOP-10 da 5ta o'zgarish kuzatildi. Yakuniga etgan "Australian Open" sabab bu o'zgarishlar ro'y berdi. Eshli Barti o'z o'rnini saqlab qolib, reytingda peshqadamlik qilmoqda. "Australian Open" chempioni Naomi Osaka 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Simona Xalep esa 1 pog'ona pastladi. Amerikalik, jahonning sobiq 1-raketkasi Serena Uilyams Avstraliya ochiq chempionatidagi natijasi orqali TOP-10 likka kirib, 7-o'ringa ko'tarilib oldi.
Mamlakatimizning 1-raqamli tennis malikasi Sabina SHaripova o'tgan haftadagi o'rnidan 5 pog'ona yuqorilagan bo'lsa, Oqgul Omonmurodova 2 o'rin pastladi.
WTA. 22 fevraldagi holat:
1. Eshli Barti (Avstraliya)-9186 ochko
2. Naomi Osaka (Yaponiya)-7835
3. Simona Xalep (Ruminiya)-7255
4. Sofiya Kenin (AQSH)-5760
5. Elina Svitolina (Ukraina)-5370
6. Karolina Plishkova (CHexiya)-5205
7. Serena Uilyams (AQSH)-4915
8. Arina Sabalenka (Belorus)-4810
9. Byanka Andreesku (Kanada)-4735
10. Petra Kvitova (CHexiya)-4571
O'zbekiston tennischilarining jahon reytingidagi o'rni:
372. Sabina SHaripova-133
425. Oqgul Omonmurodova-110
559.Nigina Abduraimova-68
1352. Milana Maslenkova-3
1354. Sevil Yuldasheva-3
Fikrlar