So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

13 jan 13:13
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Tennis malikalarimizning bari ko'tarildi, Top-10`da o'zgarishlar

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda hamon katta farq bilan belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, Yakuniy WTA turniri g'olibasi amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni band etgan. Top-10 reytingida bir nechta o'zgarishlar kuzatildi. Amerikalik Jessika Pegula va qozog'istonlik Elena Ribakina o'zaro o'rin almashib olishdi. CHexiyalik Barbora Kreychikova esa rossiyalik Darya Kasatkina bilan o'rin almashdi. 

Jessika Pegula Adelaidadagi WTA turnirida finalga qadar etib borgandi. Reytingda pastlagan Darya Kasatkina ushbu turnirning 1/4 finalida yutqazgandi. Xobart turniri chempioni Makkartni Kessler Top-50`talikda debyut qildi.

Qizig'i, yangilangan reytingda to'rt tennischimizning bari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova bir pog'onaga yuqorilab, 484-o'rinni egallab turibdi. Vlada Yakshibarova 3, Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova 4 pog'onaga yuqoriladi. 


WTA reytingi. 13 yanvar kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9656 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8120

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6888

4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5399

5. (5) CHjen Cinven (Xitoy) - 5325

6. (7) Djessika Pegula (AQSH) - 4801

7. (6) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4723

8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3409

9. (10) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 3213

10. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3151...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

484 (485). Nigina Abduraimova – 107

927 (930). Vlada Yakshibarova – 24

1370 (1374). Milana Maslenkova – 4

1370 (1374). Sabrina Olimjonova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing