So’nggi yangiliklar

19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0

21 okt 17:22
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Timofeeva O'zbekistonning birinchi raketkasi! (+Jadval)

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Etiborlisi, O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik Mariya Timofeeva rasman mamlakatimizning birinchi raketkasiga aylandi. U yangilangan WTA reytingida 18 pog'onaga yuqorilab, 146-o'rinda qayd etildi. U ikki kun avval yakuniga etgan Portugaliyadagi W75 toifasiga kiruvchi turnirda chempion bo'lgandi. Ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova ham o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 18 o'ringa ko'tarilgan. 

Birgina Sabrina Olimjonova 22 pog'onaga pastlagan. Nigina Abduraimova va Diana Yakovleva o'z o'rinlarida o'zgarishsiz qolishdi. Milana Maslenkova 3, Darya SHubina 1 pog'onaga yuqoriladi. 

Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan polshalik Iga Svyontek va amerikalik Koko Goff o'rin olgan. Top-10 reytingida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Elena Ribakina chempionlik sabab 9-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarildi. Jasmin Paolini ham ikki o'ringa yuqoriladi. Rossiyalik iqtidor egasi Mirra Andreeva aksincha, 6-o'rindan 9-pog'onaga tushdi.   


WTA reytingi. 20 oktyabr kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10 390 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8703

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 7863

4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 5914

5. (5) Djessika Pegula (AQSH) - 5183

6. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4525

7. (9) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4505

8. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4395

9. (6) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319

10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

146 (164). Mariya Timofeeva – 519 

1012 (1030). Vlada Yakshibarova – 19  

1178 (1181). Milana Maslenkova – 11 

1263 (1264). Darya SHubina – 8

1309 (1309). Nigina Abduraimova – 7  

1463 (1463). Diana Yakovleva – 3

1463 (1441). Sabrina Olimjonova – 3 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing